TIQXMMI yangiliklari

img
27.01.2023

Vatan tanho, bebaho

         Vatan-inson tugilgan muqaddas zamin Vatan deganda ota-onalarimiz, avlod-ajdodlarimiz kindik qoni to'kilgan ona yerni tushunamiz. Vatan tushunchasi va unga bo'lgan muhabbat insonga ona suti, ona bag'ri, ona mehr-muhabbati, ona allasi bilan yuragiga jo boladi. Vatanni qalban chuqur his qilish uchun xalqning vatanparvarlik namunalarini bilish, uni e'zozlash, qadriga yetish, mustahkamlash kerak. Mana shu tuyg'ular, mana shu go'zal insoniy oliy fazilatlar bugungi erkin kunimiz uchun haqiqiy vatanparvarlik namunasidir. Vatan millat idroki bilan mavjuddir, ya'ni millat Vatanning ustunidir. Faqatgina shu zaminda yashagani uchun emas, balki uni sharaflagani, shuhratga burkagani va ona yerni Vatan bilgani ham unga uyg`undir.

            Joriy yilning 26- yanvar kuni "Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti xotin- qizlar masalasi bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova boshchilida  "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi o'qituvchisi L.Bobomurodovalar Piskent tumanidagi 42- sonli o'rta umum ta'lim maktabida "Yagonadir Vatanim manim" Shiori ostida "Vatanga muhabbat - eng muqaddas tuyg'u" mavzusida ma'naviy ma'rifiy tadbir o'tkazdilar.

        Tadbir Ra'no Kodirova tomonidan tayyorlangan  video rolik namoyishi bilan boshlandi. Shundan so'ng Ra'no Kodirova Vatan tuyg'usi ,Vatanga muhabbat to'g'risida gapirb, oquvchilarga savollar bilan murojaat qildi, to'g'ri javob bergan o'quvchilar Ra'no Kodirova tomonidan kitoblar bilan taqdirlandi. Tadbirda barsha ishtirokchilar  O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasini  birgalikda kuylashdi.

        Tadbirni Ra'no Kodirova "Biz ana shu yuqorida aytilgan goyalarni, qadriyatlarni chuqur anglasak, eng muhimi amaliy harakatimizda namoyon qilolsakkina Vatanga sodiq farzand bo'lishimiz mumkin. Vatan esa ona singari aziz va tanhodir. U bizning ilk va so'nggi aytar so'zimizdir" deb yakunladi. Ra'no Kodirova o'quvchilarga 30 dona kitob sovg'a qildilar. Barcha o'quvchilar minnatdor va  xursand bo'lishdi. Tadbir sermazmun, foydali, qizg'in va juda quvnoq tarzda o'tdi.

"Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti xotin- qizlar masalasi bo'yicha kengash raisi R.Kodirova axboroti

Universiteti matbuot xizmati