Musobaqa etadi davom
26-yanvar kuni ʼʼToshkent Irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiʼʼ Milliy tadqiqot universiteti Yoshlar ittifoqi Boshlangʻich tashkiloti yetakchisi va kengashi tomonidan tashkillashtirilgan sport sogʻlik garovi nomli “Ittifoq kubogi" musobaqasi oldidan saralash oʻyinlari start oldi. Bunda fakultet jamoalari oʻz kuchlarini oʻrtoqlik oʻyinlari orqali sinab koʻrishdi. Bu oʻyinlarni bevosita Universitet BT yetakchisi X. Tojiyev va fakultet yetakchilari kuzatib borishdi. Bu oʻrtoqlik uchrashuvlaridan maqsad 28-yanvarda boʻlib oʻtadigan ʼʼIttifoq kubogiʼʼ ga fakultetlardan munosiblarni saralash hamda fakultet sharafini oqlash edi. Bu oʻrtoqlik uchrashuvlari yana davom etadi.
QSXET fakulteti 2-bosqich talabasi T.Ergashov axboroti
Universitet matbuot xizmati