O’zgani baholash o’zingni baholatishdir
Joriy 2023-yilning 24-yanvar kuni soat 13:30 da "Notiqlik mahorati" oʻquv kursi yana start oldi. Dars universitetning B binosidagi "Turonbank" xonasida boʻlib oʻtdi. Darsda har doimgi talabchan talabalar va tyutorlar qatnashishdi. Dars mashgʻuloti yangi yilda yangicha yondashuv ila qiziq tarzda boʻlib oʻtdi. Ustoz R. Jumaniyozovning yosh shogirdlaridan boʻlmish Yakkasaroy tumanidagi 100-maktabning 6-sinf oʻquvchisi oʻzi oʻqigan taʼsirli hamda chuqur maʼnoga ega hikoyasini aytib berdi. Soʻngra davradagi kuzatuvchi notiqlar hikoyaning maʼno va mazmuni, uning mohiyati haqida bahs qurishdi.
Bahs davomida juda chiroyli fikrlar aytildi yaxshi qatnashgan talabalar esa ustoz tomonidan ragʻbatlantirildi. Mashgʻulotda qatnashgan tyutorlar ham faollikni boy berishmadi. Keyingi dars mashgʻulotida üniversititetning jamiyki tyutorlari oʻrtasida bahs-munozara oʻtkazish reja qilib olindi. Bahsning mavzusi esa "Tyutor - qogʻoz odamimi?" sarlavhasi ostida boʻladi. Havo haroratining sovuqligi dars tizginini uning taftiga hech qanday qarshilik koʻrsatmadi. Fursatdan foydalanib dars mashgʻulotini tashkil etgan universititimiz rektoriga va jonboz ustozimiz Rahimboy Jumaniyozovga tashakkur bildiramiz.
QSXET fakulteti 1 - bosqich talabasi Toshpo’lat Shukurullayev axboroti
Universitet matbuot xizmati