TIQXMMI yangiliklari

img
22.01.2023

Besh muhim tashabbus sari olg’a!

           Bugun «TIQXMMI» MTU « Gidromelioratsiya» fakulteti tyutorlari U.Usmanov, Z.Tursunova va D.Axrarovalar tomonidan 4-Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar uchun «Prezidentning 5 muhim tashabbusi» ijrosi yuzasidan o’g’il bolalar o’rtasida «Mini futbol», qizlar o’rtasida voleybol sport o’yinlari tashkil etildi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad talabalarni sportga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish va jismonan sog’lomlashtirishdir. Bir so’z bilan aytganda biz tyutorlar talabalarni jamoaviy sportga jalb qilishimizning yana muhim sababi shundaki jamoaviy sportning axloqiy, estetik va ijtimoiy jihatlarini, ularning barkamol shaxsni shakllantirishdagi rolini ko’rsatishdir.

          Jismoniy tarbiya va sport bizning zamonamizda shunday ijtimoiy kuch va ahamiyatga ega bo'ldiki, ularning jamiyat tarixida o'xshashi bo'lmasa kerak. Va shuning uchun ham Oliy ta’lim muassasalarida talabalarni sport bilan shug'ullanish nafaqat jismoniy rivojlantirish, uning sog'lig'ini mustahkamlash va himoya qilishning samarali vositasi, muloqot va ijtimoiy faollikning namoyon bo'lish sohasi, bo'sh vaqtni tashkil etish va o'tkazish shakli hamdir.

         «Gidromelioratsiya» fakulteti tyutori Z. Tursunova axboroti

 Universitet matbuot xizmati