Yuksak mas'uliyat egalariga omad
Joriy yilning 13-yanvar sanasida "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti tyutorlari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosarlari, talabalar turar joyi tarbiyachilari uchun tashkil qilingan seminarning yakuniy mashg'uloti bo'lib o'tdi.
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor R.Choriyev,"Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi" boshlig’i Z.Haydarov tomonidan tyutorlar faoliyatiga alohida urg'u berildi. Qolaversa, talabalarning ijtimoiy ahvolidan to'liq boxabar bo'lish, ularni ilmiy salohiyati bilan birgalikda ma'naviy-ma'rifiy dunyosini boyitishga hissa qo'shishda barcha mas'ullar birdamlikda faoliyat olib borishi muhimligi aytildi.
Bugun olib borilayotgan islohotlarni anglagan holda tushuntirish, targ'ibot ishlarinimolib borish bugunning eng dolzarb masalasi ekanligi ta'kidlandi. Erishilgan yutuqlar bilan birgalikda kamchiliklar haqida ham to'xtalib, bartaraf etishlari bo'yicha maslahatlar berildi. Umuman olganda biz bildirilgan ishonchni oqlagan holda jadal harakatda davom etaveramiz. Zero, kelajak egalari bo'lgan yoshlar taqdiriga befarqlikni katta jinoyatga tenglashtirish mumkin.
"QSXET" fakulteti tyutori Z.Nuraliyeva axboroti
Universitet matbuot xizmati