Samaradorlikni oshirishda matbuotning roli
Joriy yilning 10 - yanvar kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti "B" korpus 108 - auditoriyada Ma'naviyat bo'limi xodimlari bilan universitet matbuot kotibi rahbari R.Jumaniyozov bilan birgalikda tadbir tashkil etildi. Tadbir xodimlarning grammatik xatolarga ahamiyat berish va mazmunli yozish malakasini oshirish maqsadida tashkil etildi. Tadbir davomida "Jumhuriyat muallimi", professor, ustoz R. Jumaniyozov bir ishtirokchiga doskaga "xayrixoh" so'zini yozishni taklif etib, to'g'ri yozilgan yo yozilmagani to'g'risida ishtirokchilarga savol bilan murojaat qildi.
Barcha ishtirokchilar o'z fikr va mulohazalarini bildirib o'tishdi. Yig‘ilishda R. Jumaniyozov ishtirokchilarning yozuvchilik qobiliyati va savodxonlik malakasini oshirishga doir qiziqarli so'z o'yinlaridan tashkil topgan mashg'ulotlar o'tkazdi. Tadbir davomida "TIQXMMI" MTU yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor R. Choriyev ishtirokchilarga motvatsiya bera oladigan maslahatlar berib o'tdi. Barcha ishtirokchilar tadbirdan o'zlari uchun bir olam foydali ma'lumotlar olishgani holda tadbir yakunlandi.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti
“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati