TIQXMMI yangiliklari

img
23.12.2022

Murojaatdan ruhlanib...

2022 yilning 22 dekabr kuni Yakkasaroy  tumanidagi 319-ixtisoslashtirilgan maktab  o‘quvchilarining “Informatika fani  mening imkoniyatimda” deb nomlangan yangicha formatdagi amaliy ochiq mashg‘ulotida ishtirok etildi. Muhtaram Prezidentimiz Millat kelajagini jaholatdan olib chiquvchi yagona yo‘l  bu ta’lim -tarbiya ekanligini jonli va asosli fikrlar bilan dalillaydi.  Shu bois, maktablarda ta’lim sifati hamda jamiyatda o‘qituvchi kasbining nufuzini oshirish, muallimlarning sharoitlarini yaxshilash 2023 yildagi eng asosiy vazifalarimizdan biri bo‘lishiga jiddiy e’tibor qaratdilar. Tugayotgan yilni sarhisob qilinishi, kelasi yil rejalarini taqdim etilishi,  ko‘p sonli o‘qituvchi - pedagoglarni, olimlarni  nihoyatda quvontirdi.

 Ayniqsa, 2023 yilning «Insonga e’tibor  va sifatli ta’lim» yili deb nomlanishi inson omili hamisha davlatimiz siyosatining markazida ekanligini yana bir karra isbotladi.  Maqsad aniq bo‘lsa, harakatlar ham samarali bo‘ladi.  Sh. Mirziyoev «Ta’lim sifatini oshirish — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir!» – deya o‘z fikrlarini davom ettirar ekan, insonning qadri, xalqimiz farovonligi bevosita ta’limga,  ayniqsa, sifatli ta’limga bog‘liq ekanligiga barchaning diqqatini tortadigan  Yusuf Xos Hojibning «Zakovat bor joyda ulug‘lik bo‘lar, Ulug‘lik bor joyda, buyuklik bo‘lar», degan purhikmat so‘zlarini  yodga oldilar. Darhaqiqat, qachonki,  inson  zoti bilimli bo‘lsagina, o‘z hayotini  isloh qiladi, turmush tarzini yaxshilay oladi.

Jondan aziz bolalarimiz maktabdan chet tillarni, kasb-hunar va kompyuter savodxonligini puxta o‘rganib chiqsagina, jamiyatimizda  ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘lishini  aytgan Prezidentimiz Yangi O‘zbekistonda maktab jamoalari va muallimlarning mas’uliyati — aynan ana shu masalalarda yaqqol namoyon bo‘lishiga ishonch bildirdilar.

Dotsent Nilufar Yuldasheva axboroti

Universitet matbuot xizmati