TIQXMMI yangiliklari

img
23.12.2022

Hamkorlik ishlari davom etmoqda

Joriy yilning 21 dekabr kuni “Professional ta’lim va jismoniy madaniyat” kafedrasi professori Zuxra Ismailova, kafedra mudiri Durdona Mustafoeva hamda kafedra doktoranti Xayrullo Tuychievlar Nurafshon shahar xalq ta’limi tasarrufidagi 1-sonli o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdilar.

 Tashrifdan maqsad, maktabning bitiruvchi sinflar o‘quvchilari bilan muloqot olib borish, bitiruvchilarni kasbga qiziqtirish, kasbga yo‘naltirish, shu bilan birga universitetning tarixi, undagi mavjud fakultet va yo‘nalishlar bilan, qolaversa, Professional ta’lim soha yo‘nalishiga doir yangiliklar bilan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

Maktab bitiruvchilari universitet haqida yanada ko‘proq ma’lumot olishga muyassar bo‘ldilar hamda kelgusida universitetga maktabning bitiruvchi o‘quvchilarining tashrifini uyushtirish masalalari ham o‘zaro kelishib olindi. Uchrashuv so‘ngida universitetning “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat” bo‘limi tomonidan taqdim etilgan badiiy kitoblar maktab kutubxonasiga sovg‘a qilindi.

Universitet matbuot xizmati