TIQXMMI yangiliklari

img
19.12.2022

Hayot go'zal, yashamoq totli

             Joriy yilning 17 dekabr kuni “TIQXMMI” MTU psixologi M.K.Muhammedova, GM fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rahbari Z.Beknazarova va 4-TTJ tarbiyachi pedagogi Z.K.Muxrumboyevalar hamkorlikda 4-TTJ talaba qizlari bilan suitsidni oldini olish va profilaktika qilish maqsadida “Hayotning har lahzasi go'zal” mavzusida tadbir tashkil etishdi. Hozirgi kunda aholi orasida suitsidning ko'payib borayotganligi hech kimga sir emas. Talabalar bilan hozirgi kunda suitsidni keltirib chiqarayotgan sabab va omillar to'g'risida qizg'in suhbat olib borildi. Suhbat davomida ushbu dolzarb ijtimoiy-psixologik muammoni faqat suitsidologlarga yuklab qo'yish bilan uning yechimini topish ancha mushkul ekani, buning uchun hammamiz birgalikda, bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilsakkina jamiyatda bu illatlarni kamaytirishga erishishimiz mumkinligi to'g'risida fikr yuritildi.

               Tadbir davomida “Hayot bu...”, Hayot ... insonga beriladi”, “Men uchun bu yorug' olamdagi eng qadrlilar ro'yxati” kabi trening mashg'ulotlar va Z. Korolevaning inson ruhiyatidagi suitsidga moyillikni aniqlashga mo'ljallangan testi  o'tkazildi va javoblari interpretatsiya qilinib, suitsidga moyilligi bor talabalar bilan alohida konsultatsiya olib borildi. Va ushbu talabalar bilan muntazam konsultatsiyalar o'tkazishga kelishib olindi. Tadbir: “Hayot go'zal, umr g'animat. Go'zal hayotning qadriga yetish har birimizning burchimiz!” shiori bilan o'z nihoyasiga yetdi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati