TIQXMMI yangiliklari

img
18.12.2022

Halollik – jinoyatchilik kushandasi

         Joriy yilning 16 dekabr kuni GTQ fakulteti tyutori X.R.Saidova, universitet psixologi M.K.Muhammedova va Darxon MFY Yoshlar agentligi yetakchisi Z.D.Jabborovalar hamkorligida GTQ fakulteti 106-guruh talabalari bilan "Biz yoshlar jinoyatchilikka qarshimiz!!!" mavzusida seminar trening tashkil etildi. Tabirda GTQ fakulteti tyutori X.R.Saidova o'z nutqida: ”Jamiyat uchun xavfli xatti-harakatga “jinoyatchilik” deb ataladi. Demak, jamiyatning jinoyatchilikka qarshi kurashishining sababi ­– o'zini xavf-xatardan himoya qilish ekan. Bordi-yu, o'sha xatar tug'diruvchi jinoyatchilik jamiyatning o'z bag'ridan chiqsa-chi, bunday vaziyatda unga qarshi kurashish ancha mushkul bo'ladi. Shu sababli yaxshi qonun chiqaruvchi jinoyat uchun jazo berish haqida emas, balki jinoyatchilikning oldini olish haqida o'ylashi kerak, axloqni jazolashga qadar yaxshilashga ko'proq harakat qilish muhim”, dedi. Universitet psixologi M.K.Muhammedova huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha faoliyatni muvofiqlashtirishning ta'sirchan tizimini yaratish, qonun buzilishlarining oldini olish va ularni bartaraf etishning zamonaviy tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish bugungi kunda mamlakatimizning dolzarb masalalaridan biri sanalishi va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini shakllantirishda qadimgi yunon faylasuflari Aflotun va Arastu o'z risolalarida «davlatning jazolash siyosatidan ko'ra, huquqbuzarliklarning oldini olish – ustuvor ahamiyatga egadir» deb e'tirof qilishgani haqida diniy, dunyoviy va zamonamizdagi bo'layotgan voqea hodisalardan misollar keltirib, «Kasallikni davolagandan ko'ra, ancha oldin chorasi ko'rilib, oldini olgan afzal» ekani haqida o'z fikr mulohazalarini bildirib o'tdi.

         Darxon MFY Yoshlar agentligi yetakchisi Z.D.Jabborova yig'ilish ishtirokchilariga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2019 yil 7 fevralda PQ-4166-sonli «Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarori imzolangani va ayni paytda huquqbuzarliklarning oldini olish bo'yicha ko'plab jamoat tashkilotlari tashkil etilayotgani, profilaktika va tarbiyaviy targ'ibot ishlari faol yuritilayotgani, bugungi globallashuv sharoitida ayrim odamlar jamiyatga zarar yetkazadigan har qanday noto'g'ri xatti-harakatlarga ega bo'lib, ba'zi o'rinlarda o'zlari bilmagan holda ham huquqbuzarlikka yo'l qo'yishayotgani, bu insonlarning huquqiy bilimsizligi sabab sodir etilayotgani to'g'risida to'lqinlanib so'zladi. Tadbir davomida qiziqarli trening va proyektiv metodika asosida testlar olindi. Barcha talabalar o'zlari uchun foydali ma'lumotlarga ega bo'lishgan holda tadbir nihoyasiga yetkazildi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati