TIQXMMI yangiliklari

img
15.12.2022

“Jaholatga qarshi ma’rifat” shiorimiz

              Joriy yilning 14 dekabr kuni GTS, YeRB fakulteti 1 kurs talaba yoshlari bilan universitet psixologi M.K.Muhammedova va GTS, YeRB fakulteti tyutorlari A.Xaydarov, D.Xursandova va D.Egamovalar tomonidan “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida yosh avlodni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va har-xil ma’naviy tahdidlardan asrash maqsadida profilaktik tadbir tashkil etishdi. Tadbirni D.Xursandova o‘z kirish so‘zi bilan ochib jumladan: “Bugun, XXI asr globallashuv jarayonida yoshlarimiz radio-televidenie, matbuot, internet kabi vositalar orqali har-xil axborot va ma’lumotlarni olmoqda. Ba’zi bir aqidaparastlar o‘z g‘arazli maqsadlari yo‘lida mafkuraviy ta’sir o‘tkazishga urinib, qabih ishlarini amalga oshirishmoqda.

            Ma’lumki, har qanday kasallikni oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi.Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda”, dedi. YeRB fakulteti tyutori D. Egamova: "Demak, siz yoshlar bunday vaziyatda mustaqil fikrlab, ma’naviyatlilik, milliy qadriyatlarga sodiq, dunyo qarashi keng, irodasi mustahkam, sabr–bardoshli, oshkora va pinhona ko‘rinishdagi ma’naviy tahdidlarga doim tayyor turadigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan inson bo‘lishingiz lozim", dedi. Tadbir savol javob tarzida kechdi. Tadbir davomida mavzuga oid trening mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Barcha talabalar o‘tkazilgan tadbirdan o‘zlari uchun foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati