TIQXMMI yangiliklari

img
12.12.2022

Xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-aprelda qabul qilingan “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2909-sonli, 2021-yil 10-dekabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-42 sonli qarorlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda qishloq va suv xoʻjaligi sohasida universitetda xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida

Universitetimiz rektorining 2022-yil 18-noyabrdagi №-248x/s sonli buyrugʻiga asosan “Qishloq va suv xoʻjaligi energiya ta’minoti” fakulteti hamda “Eektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi dotsenti S.Xushiyevlarni 2022-yilning 4-dekabrdan 10-dekabrgacha boʻlgan muddatda Rossiya Federatsiyasi, Cheboksar shahriga “EKRA” ilmiy-amaliy ishlab chiqarish korxonasi tomonidan tashkil etilgan “6-35 kV kuchlanishli transformator podstansiyasi uskunasi rele himoyasi va avtomatlashtirish qurilmasi” mavzusidagi dastur boʻyicha malaka oshirish xizmat safariga yuborildi.

Ushbu dastur davomida professor o‘qituvchilarimiz o‘z kasbiy va ilmiy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlab, dasturni muvaffaqiyatlili tamomlab sertifikat bilan taqdirlandilar.

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi stajyor-oʻqituvchisi R.Qobilov axboroti

Universitet matbuot xizmati