TIQXMMI yangiliklari

img
04.12.2022

Saxovatpeshalik - olihimmatlik belgisi

          Inson fikrlashi bilan jonzotlardan farq qiladi, degan gapni koʼp bor eshitganmiz. Uning ezgulikka yoʼgʼrilgan hissiyot qoʼrgʼoni - yuragi urib tutar ekan, yaxshilik va ezgulik qilishdan, mehr-saxovat ulashishdan charchamaydi. Xalqimizga xos insoniylik, saxovatpeshalik va bagʼrikenglik 3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan uyushtirilayotgan tadbirlarda oʼz aksini topdi. Sana munosabati bilan "Toshkent irrigatsiya va qishloq xujaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universitetining "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti dekani  Sh.Narbaev  va Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini X.Eshova, fakultet tyutorlari O. Аbdisamatov, S. Ibragimova, А. Xaitovalar tashabbusi bilan Olmazor tumani 36-maktab internet tarbiyalanuvchilarini bayram bilan qutlashdi. Ushbu bayram tadbiri maktab internati o'quvchilarmizni saxovatpesha homiylar tomonidan shahrimizdagi "Tarona" to‘yxonasida bayram dasturxonuga maktab internatidagi o'quvchi yoshlarimiz tashrif buyurdilar.

         Ishtirokchilar turli jamoat va davlat tashkilotlari faollarining ruhiy va maʼnaviy qoʼllab-quvvatlashlaridan koʼngillari togʼdek ko‘tarildi. “Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmaydi” shiori ostida oʼtgan tantanali bayram tadbirida, faol talabalarimiz ijrosidagi kuy-qoʼshiqlar tadbirga oʼzgacha fayz kiritdi. 36 - maktabda tarbiyalanuvchi imkoniyati cheklangan, nogiron 262 nafar o'quvchilar qimmatbaho sovgʼalari bilan taqdirlandilar. Toʼrt muchaning butligi, tafakkurning ravshanligini his qilish baxt! Buni chuqur anglagan holda har doim fidokorlik bilan ishlash, yuqori marralarga intilish esa chin insoniylik masʼuliyati namoyishidir.

           Millatimiz azal-azaldan mehr-oqibatli boʼlib kelgan. Yiqilganni suyash, koʼmakka muhtojlarga yordam qoʼlini choʼzish azaliy odatlarimizdan. Xalqimizga xos bagʼri kengligi, mehribonlikdan beixtiyor faxr-iftixor tuyasan kishi. Mehrni hamma narsadan ustun qoʼygani bois, oʼzbek nomi, millat shaʼni yuksalib kelayotir. Bugun kechagidan-da koʼproq oqibatli boʼlaylik. Zero, insondan mehru muhabbat, odamiylik eng oliy xislatlaridan biridir.

  Yer resurslarini boshqarish fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini X.Eshova axboroti

          Universitet matbuot xizmati