TIQXMMI yangiliklari

img
02.12.2022

Taʼlim sifatining oʻzagi va oʻzani

      Barcha pirovard maqsadlarning roʻyobiga xizmat qiladigan harakatlar bevosita, bilvosita toʻrtta tushunchaga borib bogʻlanadi. Soʻzlash, tinglash, anglash va amal. Bular jamlangan holda muloqot etiketi va muomala madaniyatini, boshqacha aytganda, notiqlik sanʼatining tarkibiy qismlarini tashkil qiladi. Tasavvur qiling,  koʻrgan, bilgan, tinglagan narsa-hodisa haqida fikrimizni emin-erkin, mustaqil tarzda ogʻzaki hamda yozma yoʻsinda yetkaza olmaslik, oʻzimizni chin maʼnoda savodxon, qolaversa, maʼnaviyatli deya olamizmi? Albatta ,yoʻq. Shuning uchun ham xalq bilan muloqot va muomala madaniyati, kommunikativ kompetentlik tushunchasi nihoyatda muhim, chunki u oddiy soʻzlashuvdan tortib ilmiy, taʼlimiy, hatto siyosiy jarayonlargacha boʻlgan voqelikni qamrab oladi. 

   Kitobga birinchi haykal qoʻyilgan Antuan Sent Ekzyuperi “Bu dunyoda birdan birdan-bir haqiqiy neʼmat odamlarning bir biri bilan muloqotidir”-deya bejiz uqtirmagan. Ayniqsa, taʼlim jarayonida pedagogning, kommunikativ kompetentligi masalasi nihoyatda muhim. Pedagog oʻz sohasining bilimdoni boʻlib shu boʻyicha boʻyi barobar kitob, darsliklar ham yozgan boʻlishi mumkin, bir nechta xorijiy tillarni bilgan, axborot kompyuter texnologiyalarini egallagan boʻlishi ham mumkin. Bu masalaning bir tomoni xolos. Taʼlimning sifati va samaradorligini taʼminlaydigan muhim jihat olingan bilim oshirilgan malaka, hosil qilingan koʻnikmani talaba yoki magistrantning ongiga singdirish mexanizmi, yaʼni kommunikativ kompetentlik masalasidir.

     Xuddi shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining (26.09.2022. N÷ 02-PA 1-13607-sonli) xatiga asosan Davlat Boshqaruvi Akademiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va "Notiqlik  sanʼati akademiyasi" NTM hamkorligida "Notiqlik sanʼati: Kommunikativ kompetentlik, muloqot va muomala madaniyati asoslari" oʻquv-amaliy kursi oʻz faoliyatini boshladi. Strategik maqsadlarni amalga oshirish uchun oʻrinli qoʻllangan usul va yoʻl-yoʻriqlar hamisha muvaffaqiyatlar garovi boʻlib kelgan. Kommunikativ kompetentlikni oshirish bobida harakat notiqlik sanʼati bilan bogʻliq. "Notiqlik sanʼati akademiyasi" nodavlat taʼlim muassasasi tomonidan notiqlik sanʼati, muloqot madaniyati va kommunikativ kompetensiyalar boʻyicha oʻquv kursini tashkil etish rejalashtirildi.

    Toshkent shahrida oʻtkazilayotgan oʻquv kursida Qarshi Irrigatsiya va Agrotexnologiyalar instituti xodimlaridan ilmiy kotib Rustam Hushvaqtov, yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Erkin Arabov, Chorvachilik va Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash " fakulteti dekani oʻrinbosari Shavkat Yangiyev, xodimlar boʻlimi boshligʻi Feruz Tursunov, "Umumtexnik Fanlar" kafedrasi oʻqituvchisi Dilshod Ochilovlar  ham ishtirok etib, oʻz nutqiy mahoratlarini oshirmoqdalar. Ularning hayajonlantirgan bir jihat haqida gapirmasdan oʻta olmayman. Dars boshlashimdan oldin oʻzimni tanita turib "Men Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining birinchi Prezidenti Qori Niyoziy tahsil olgan, xalq ichida ehtiromi va nufuzi yuksak boʻlgan ikkita Prezidentni chiqazgan, Milliy reytingda birinchi oʻrinda kelayotgan "TIQXMMI"Milliy tadqiqotlar universitetining matbuot kotibiman" deganimda ular qarsak chalib olqishlashdi.

  Dars mashgʻulotlarini mahorat bilan oʻtayotgan professorlar Boboqul Toshev, Goʻzalxon Xoliqulova, Karim Bahriyev, Jamila Shermuhamedova, Firuza Muxiddinova, Ulugʻbek Saidovlarning xizmatlari ayniqsa, katta boʻlyapti.

      Universitet matbuot xizmati