TIQXMMI yangiliklari

img
01.12.2022

Talabalarning mazmunli sayohati

               Joriy yilning 26 - noyabr sanasida “Gidromelioratsiya ” fakulteti tyutorlari G.Axmedjanova va U.Usmanovlar bilan birgalikda 1 - bosqich talabalari bilan “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif  buyurishdi.  Bu bog‘ 2021 - yil 31 - avgust kuni istiqlolimizning 30 yilligiga bag‘ishlab bunyod etilgan. “Yangi O‘zbekiston” bog‘i ulkan daraxtning beshta shoxiga o‘xshaydi.  Bu Harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishini ramziy ma’noda ifoda etadi. Bu go‘zal bog‘da poytaxtimiz aholisi, barcha hududlarimiz va xorijdan keladigan mehmonlar yayrab dam olishi, oilasi, farzandlari bilan birga mazmunli hordiq chiqarishi uchun barcha zamonaviy sharoitlar mavjud. Sun’iy ko‘l, sport maydonchalari, bolalar o‘yingohlari, amfiteatr, favvoralar, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari doimo dam olishga kelganlar bilan gavjum. Bog‘ning markaziy qismida muhtasham badiiy obida – Mustaqillik monumenti  qad ko‘tarib turibdi, el-yurtimiz o‘zining qadimiy o‘tmishi davomida shonli voqealarni, turli sinov va qiyinchiliklarni, zafarli davrlar bilan birga, fojiali kunlarni ham boshidan kechirganlarni Mustaqillik monumentida badiiy aks ettirilganligini ko‘rishimiz mumkin. Majmuada buyuk sarkarda va jahongirlar, alloma va mutafakkirlar, jadid bobolarimizning o‘lmas siymolari, O‘zbekistonning sobiq mustabid tuzum davridagi og‘ir va mashaqqatli hayoti, qatag‘on siyosati, xalqimizning Ikkinchi jahon urushida ko‘rsatgan jasorat va matonati ta’sirchan lavhalarda ifodalangan.  Talabalarning nigohiga tinchlik va erkinlik, ezgulik va farovonlik timsoli bo‘lgan, ko‘kda mag‘rur parvoz qilayotgan Humo qushi tasviri monumentning eng yuqori qismida – bamisoli uning gultoji bo‘lib o‘rin egallaganligi yaqqol tashlandi. “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida talabalarimiz maroqli dam olishdi, bu bog‘ning go‘zal joylarini ko‘rib bahru dillari ochildi. Ko‘ngilochar bog‘larga tashrif talabalarimizga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi. Tashrifdan asosiy  ko‘zlangan maqsad talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va maroqli hamda ularning mustaqil O‘zbekistoning diqqatga sazovor joylari bilan tanishtirishdan iboratdir.

“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori G.Z.Axmedjanova axboroti

Universitet matbuot xizmati