TIQXMMI yangiliklari

img
26.11.2022

O‘zbekiston bank tizimi

        2022 - yil 26 - noyabr kuni “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlari, magistr, bakalavriat talabalari hamda qiziquvchilir uchun “Turonbank” ATB mutaxassisi tomonidan “Bank tizimi shakllanishi: O‘zbekiston bank tizimi” mavzusida navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi. 

      Ushbu mavzu bo‘yicha “Turonbank”ATB Moliya departamenti direktori Azimov Jobir Baxodirovich taqdimot qildi. Dunyoda banklarning paydo bo‘lishi sabablari, banklarning asosiy vazifalari va iqtisodiyotni rivojlanishdagi o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Taqdimotning asosiy qismi O‘zbekiston Respublikasining bank tizimi va uning rivojlanish bosqichlari, hozirgi holati va istiqbolda rivojlanish strategiyalari to‘g‘risida bo‘ldi.

        Seminarda O‘zbekison Respublikasi Markaziy banki Moliyaviy savodxonlikni oshirish departamenti direktori Dilbar Abdug‘aniyeva hamda “Turonbank” ATB kadrlar bilan ishlash departamenti direktori Shaxlo Ibragimovalar ham ishtirok etishdi. Seminar ishtirokchilari tomonidan ma’ruzachiga ko‘plab savollar berildi va ularga tegishli javoblar olindi. Mavjud muammolar yuzasidan bahs va munozaralar bo‘lib, ishtirokchilar ham o‘z fikr va takliflarini bildirishdi. Seminar barcha ishtirokchilar uchun bank sohasidagi bilimlarni yanada oydinlashtirish, chuqurlashtirish, aniqlashtirish nuqtai nazaridan foydali o‘tdi. 

"SXTE va B" fakulteti dekani R.Xakimov axboroti

Universitet matbuot xizmati