TIQXMMI yangiliklari

img
26.11.2022

Ehtiyotkorlik-salomatlik garovi

            2022 yil 25 noyabr kuni “TIQXMMI” MTU "Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish" fakultetining Toshkent shahrida ijarada va yaqin qarindoshlarini uylarida yashovchi talabalar uchun Universitet “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi dotsenti Mirxosilova Zulfiya Kochkarovna hamda Universitet profilaktika katta inspektori mayor Ubaydullaev Abzal Risqiyevichlar ishtirokida “Is gazidan zaharlanish va uning salbiy oqibatlari” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

             Tadbirni fakultet dekani R.Xakimov kirish so‘zi bilan ochib berib, mavzuning dolzarbligi, uning salbiy oqibatlari hamda hayotiy misollar asosida o‘z fikr - mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Tadbirda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Turdiyev, tyutorlar G.Shodiyeva, M.Vafoyeva va I.Axmedovalar faol ishtirok etishdi.

             Mutaxassislar tomonidan talaba yoshlar uchun is gazi turining kelib chiqishi, is gazidan ehtiyot bo‘lish choralari, is gazidan zaharlanishning yuzaga kelish sabablari, is gazidan zaharlanganda amalga oshiriladigan ishlar, is gazidan zaharlanganda yuzaga keladigan alomatlar, ko‘rsatiladigan birinchi yordam ko‘rsatish hamda is gazining oldini olish choralari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar va tavsiyalar berib o‘tildi. Profilaktik tadbirda talaba yoshlar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.

"SXTE va B" fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev axboroti

Universitet matbuot xizmati