TIQXMMI yangiliklari

img
21.11.2022

Yutuqlar bardavom bo‘lsin

Jamiyatga va davlatimizga yetuk, yosh va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va intellektual salohiyatini oshirish hamda ularga o‘z iqtidor va salohiyatini namoyon etishga imkoniyatlar yaratish, talabalarda tashabbuskorlik, vatanparvarlik, fidoyilik fazilatlari va jamoatchilik qobiliyatini qaror toptirish, o‘z kasbini sevish, ilm-fanga ishtiyoq va yurt kelajagiga daxldorlik tuyg‘ularini yuksaltirish, talabalik nufuzini oshirish maqsadida tashkil etilgan "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti "Yil talabasi - 2022" tanlovida  “Gidromelioratsiya” fakulteti, “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Evrika” iqtidorli talabalar to‘garagi vakilasi, “Meliorativ gidrogeologiya” ta’lim yo‘nalishi 312 – guruh talabasi Abilkasimova Aynash, kafedra dotsenti Tursunoy Apakxujaeva rahbarligida “Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasida faxrli 2 - o‘rinni egalladi. “Ustoz-shogird” tizimidagi mashaqqatli mehnat o‘z samarasini mana shunday tanlovlarda ko‘rish mumkin.

Universitet matbuot xizmati