Yangi O’zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi
O’zbekiston Respublikasining ”Ta’lim to’g‘risida” gi qonuni va uni hayotga izchillik bilan tadbiq etish, kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish, ta’lim turlari o’rtasidagi o’zaro integratsiya jarayonini yaxshilash hamda ular o’rtasidagi uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash, mamlakatimizda ta’lim - tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish bo’yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti “Elektrotexnika va mexatronika” kafedraning tajribali professor-o’qituvchilari, Piskent tumani xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi 30 va 39-sonli umum ta’lim maktablarida ta’lim sifati va o’qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish va metodik qo’llab - quvvatlash uchun hamkorlikni tashkil etish bo’yicha yo’l xaritasi asosida maktablarning bugungi holati, o’qituvchilarning salohiyati va 2021/2022 o’quv yili natijalari bo’yicha ma’lumotlarni o’rganish maqsadida tashrif buyurishdi.