TIQXMMI yangiliklari

img
18.11.2022

Birlashgan kuch yengilmas!

            Joriy yilning 17 noyabr kuni “TIQXMMI” MTU universitet psixologi va Xor jamoasi rahbari M.K.Muhammedova 4-TTJ starostasi, GTS fakulteti Nasos stantsiyalari va qurilmalaridan foydalanish va tashhisi yo'nalishi magistranti Mamatsharipova Nilufarning murojaatiga ko'ra 4-TTJda “Vokaloterpiya orqali muammolarni imkoniyatga aylantirish” va “Bayramga kuy yarashar” mavzularida tadbir tashkil etdi. Tadbir talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ular o'rtasida paydo bo'lgan ziddiyatlarga barham berib, kollektivda birdamlikni, jipslashishni va do'stona munosabatlar mustahkamligini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.Tadbirda birdamlikni targ'ib etuvchi qiziqarli trening mashg'ulotlar o'tkazildi.

              Tadbir davomida yig'ilish ishtirokchilarining kayfiyatlarini ko'tarish va17 noyabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan muborakbod etish, vokaloterpiya orqali pozitiv notaga sozlanish maqsadida universitetimizda tashkil topgan Xor jamoasi a'zolari bilan birgalikda kontsert tashkil etildi. Xor jamoasi a'zolari davra fayziga fayz kiritishib “Hayyor-yor”, “Omon yor”, “Qaraqalpag'im mening”, “Popurri”, “Talabalik davrim mening”, “Oliygoh madhi” kabi qo'shiqlarni ijro etishdi. Yuragida san'atga ishqibozligi kuchli bo'lgan yoshlar raqsga tushishdi. Yig'ilish ishtirokchilarining talablariga ko'ra “Qaraqalpag'im mening” qo'shig'i yana bir bor ijro etib berildi. Barcha yig'ilish ishtirokchilari Xor jamoasining chiqishlariga o'z fikr mulohazalarini bildirishib, ularning ijodlariga yuksak parvozlar tilab qolishdi. Bayramda 4-TTJ tarbiyachi pedagogi Z.K.Muxrumboyeva ham faol ishtirok etib, talabalarni bayram bilan tabriklab o'z yurak so'zlarini yig'ilish ishtirokchilariga armug'on etdi.

           Fursatdan foydalanib tadbirni uyushtirishga sabab bo'lgan 4-TTJ starostasi, GTS fakulteti Nasos stantsiyalari va qurilmalaridan foydalanish va tashhisi yo'nalishi magistranti Mamatsharipova Nilufarga va jamoamizda o'z talabalari hayotiga befarq bo'lmay kunu tun talabalarga jonkuyalik qilayotgan barcha ustoz va xodimlarimizga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati