TIQXMMI yangiliklari

img
17.11.2022

Italiya Turin politexnika universiteti professori Maurizio Rosso bilan amaliy mashg’ulot

               Sanoatning yuqori texnologiyaga asoslangan tarmoqlari, sanoat va xo‘jalik obyektlarini loyihalashtirish hamda qurish uchun ilg‘or ta’lim standartlari darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash hozirgi kunning dolzarb masalasi bo‘lib qolmoqda.

              Ushbu vazifani samarali amalga oshirish maqsadida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti o‘zaro hamkorlik memorandumi asosida keng ko‘lamli ishlar belgilab olingan.

              Shu boisdan, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti “TIQXMMI” MTUdagi amaliy o‘quv dars jarayonlari bilan tanishish hamda TTPUning “Mashinasozlik texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich va “TIQXMMI” MTU ning “Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ta’lim yo‘nalishi 2- va 3- kurs talabalariga Italiya Turin politexnika universiteti  professori Maurizio Rosso va TTPU katta o‘qituvchisi A.Sharipovlar, hamda “TIQXMMI” MTU “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash”  kafedrasi mudiri dots. I.Xudayev, kafedra assistentlari F.Yusupov va M.Xurramovlar bilan birgalikda amaliy darslar tashkil etildi.

Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” kafedrasi axboroti
 Universiutet matbuot xizmati