TIQXMMI yangiliklari

img
16.11.2022

So‘z xosini, ma'no mosini topish san'ati

Har qanday soha o’z mohiyatiga ega, lekin sohaga oid xabar va yangiliklarni yetkazishda insondan albatta, nutqning ikkita ko’rinishuga riyoya etish talab etiladi. Biri og’zaki nutq bo‘lsa, ikkinchisi yozma nutq madaniyatidir.  Shunday ekan notiqlik mohiyat e'tibori bilan bevosita og’zaki nutqga daxldor bo’lsada, yozma nutq qoidalaridan o‘rinli foydalanishni taqozo etadi.

       Rektorimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan, talabalar nutqini o’stirishga qaratilgan notiqlik mahorati o’quv kursi bugun "Agrobank" xonasida o’z faoliyatini davom ettirdi. Talabalar turli fakultetlardan kelgan qiziquvchilar bo’lib ularning bilimi,  salohiyati, qiziqishi, bergan javoblaridanoq shundoqgina sezilib turardi. Ustoz Rahimboy Jumaniyozov bu galgi mashg‘ulotida “Rasmga qarab so’zlash va mantiqiy bog’lash o’yini “ bilan barchani tanishtirdi. O’yin shartlariga muvofiq rasmda aytilgan fikrni ikkinchi birov o’zini qo’lidagi rasmni bo’g’lagan holda muayyan fikr ayta bilishi kerak. Barcha talabalarga berilgan rasmlar har xil yo’nalishda va har xil shaklda bo’lib uni bog’lash mahorati albatta, talabadan tasavvur va tafakkur kengligini talab etadi.

        Bu borada nutq orqali ifoda fikr ifoda  etishda yetakchi o’rinda turgan Yunusaliyev Jaloliddin Orifjonovich, Bobomurotov Jasurbek, Shukrullayev Toshpo’lat, Zilola Pardayeva, Mohinur  va ko’plab talabalar o’z mahoratini to’laqonli namoyish etib, mukofotli Rag’bat kartochkasini qo’lga kiritishga muvaffaq bo’ldi. Dars jarayonida 10 ga yaqin talaba ana shunday rag’bart kartochkasini olib benihoya xursand bo’lishdi. Ular o’quv yakunida ular qimmatbaho kitob va esdalik sovg’alar bilan tag’dirlanishini ustoz etirof etdi. Darslar yakunida uyga vazifa sifatida "T dan T" gacha ya’ni T harfi bilan boshlanib T bilan tugaydigan o’zbek tilida mavjud bo‘lgan so’zlarni topish ularni ma’nodoshlarini izlash, va ular ishtirokida yaxlit matn tuzish vazifasi topshirildi.

          QXM 201-guruh talabasi J.Bobomurotov axboroti

         Universitet matbuot xizmati