TIQXMMI yangiliklari

img
15.11.2022

Nazariy bilimlarning аmaliyotdagi natijalari

        “Gidromeliortasiya” fakulteti SXM bakalavriat yo’nalishi 3-bosqich 302-guruh talabalari hamda guruh murabbiyi Sh. Mardiyev boshchiligida talabalar uchun nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan mustaqil ta’limni “5+1” tizimi asosida soha tashkilotlariga tashrifi doirasida OOO “UZGIP” ilmiy tadqiqot institutida borishdi.  2019-yil 1-oktabrda “UZGIP” MChJ qoshida Laboratoriya tadqiqotlari bo‘lim tashkil etilgan. Bu boʻlimda irrigatsiya va meliorativ qurilish loyihalarini asoslash uchun suv, tuproqning kimyoviy tarkibi va fizik-mexanik xossalarini aniqlash bilan shug‘ullanadi.

Boʻlim 2 guruhga boʻlingan:

1-Tuproqlarning kimyoviy tarkibini aniqlash boʻyicha analitik guruh;

2-Tuproqlarning fizik-mexanik xossalarini aniqlash boʻyicha geotexnik guruh.

Har ikkita boʻlimda ham talabalar tuproq tarkibidagi kimyoviy moddalar miqdori hamda ularning suv-fizik xossalarini laboratoriya sharoitida aniqlab koʻrishdi.  

Universitet matbuot xizmati