TIQXMMI yangiliklari

img
15.11.2022

Adiblar xiyoboniga tashrif

Xar bir adibning ijodiyoti aslida tilning boyligini, nafosati va nazokatini ko‘rsatuvchi mezondir. U hox nasriy shaklda, hox nazmiy yo‘sinda bo‘lsin, qaysi adabiy turda ijod etmasin muayyan xalqqa mansub bo‘lgan tilning imkoniyatlarini o‘z ijodiy mahorati orqali so‘z qo‘llash istedodi orqali namoyish etadi. Shu haqda gap ketganda xalq shoiri Abdulla Oripov ijodiyoti yuqoridagi fikrimizga yaqqol misol bo‘la oladi. Uning sheriyati o‘zbek tilining barcha imkoniyatlarini ifoda vositalarini qo‘llash orqali hamda leksik qatlamga o‘z munosabatini bildirish yo‘sinida qimmatlidir. Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti  jamoasi aniqrog‘i, talaba magistrant va professor-o‘qituvchilari Abdulla Oripovning haykali poyida gulchambar qo‘yib zamondoshlarining shoir haqidagi xotirotlarini eshitish va adib ijodiga daxldor bo‘lgan sherlardan o‘qish asnosida sherxonlik uyushtirish, manaviy marifiy tadbir tashkil etish anana tusini olganligi rost.

Bu gal universitetimizning “Gidromelorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakulteti  jamoasi hamda yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Z. Xaydarovlar tashrif buyurishdi. Tadbir avvalida “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi”ning a’zosi Shodi Otamurodov ustoz Abdulla Oripov haqidagi xotirotlari bilan uning sheriyati tilga bo‘lgan munosabati masalasida o‘zining mulohazalarini bildirib o‘tdi. O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri o‘zidan katta adabiy meros qoldirib, o‘zbek sheriyatida yangi poetik tafakkurning qaror topishi yo‘lida ijod qilgan shoir Abdulla Oripov haykali poyiga uyushtirilgan mazkur tashrif talabalar qalbida umrbod saqlanib qolishi tayin.   

         “GIM” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.Ro‘zibaev axboroti

Universitet matbuot xizmati