TIQXMMI yangiliklari

img
15.11.2022

Ishonch – muhim mas'uliyat

              Joriy yilning 9-noyabr kuni universitet psixologi M.K. Muxamedova va QXM fakulteti tyutori  J. Sa'dullayev hamda QXM fakulteti yoshlar ittfoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi M.Masharipovlar hamkorlikda QXM fakulteti 1-kurs 108- guruh talabalari bilan seminar trening tashkil etishdi. Tadbir talabalarning oliygoh ichki tartib qoidalariga, o'quv jarayoniga qay darajada adaptatsiya hosil qilganliklarini bilish, guruhdagi psixologik sferani aniqlash va talabalarga ruhiy motivatsiya berish orqali ularda yuzaga kelayotgan tashqi va ichki zo'riqishlarning oldini olish, o'z-o'ziga bahoni oshirish; yoshlar ittifoqi tashkilotining maqsad va vazifalari haqida ma'lumot berish, talabalar ichidan yoshlar ittfoqi sardorini tanlab olish maqsadida tashkil etildi.

             Trening davomida talabalar bilan kundalik hayotda uchraydigan zo'riqishlardan himoyalanish hamda uni keltirib chiqaruvchi omillarning oldini olish va insonnig o'z-o'ziga bahosini oshirish bo'yicha erkin muloqot tashkil etildi. Seminar trening davomida psixologik tarqatma materiallar orqali so'rovnomalar olindi va natijalari tahlil qilinib, talabalarning fikr mulohazalari tinglab o'tildi. Tadbirda talabalar ichidan yoshlar ittifoqi sardori tanlab olindi. Yoshlar ittifoqi sardori etib ko'p ovozlarga ko'ra Yunusov Mirusmon saylandi. Tadbirda QXM fakulteti yoshlar ittfoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi M.Masharipov yoshlar ittifoqi tashkilotining maqsad va vazifalari haqida yig'ilish ishtirokchilariga qiziqarli ma'lumotlar berib o'tdi. Barcha talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi va foydali ma'lumotlarga ega bo'lishgan holda, ko'tarinki kayfiyatda tadbir o'z nihoyasiga yetdi. 

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

TIQXMMI MTU matbuot xizmati