“Ta’lim va amaliyot integratsiyasi!”
2022 - yil 12 - noyabr kuni “TIQXMMI” MTU “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun B-bino 109-o‘quv auditoriyasida Turon bank ATB “Risk deportamenti” direktori Ishniyazov Otabek Baxodirovich “Risk menejmenti tizimi, amalga oshirilayotgan ishlar tahlili” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazdi.
Ma’ruza davomida bank tizimida amalga oshirilgan islohotlar amalga oshirilayotgan imtiyozlar va ularning mazmun-mohiyati, shuningdek, Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan prudensial normativlar, risk turlari va ularni baholash metodikasi, o‘rnatilgan limitlar hamda risk menejmentining xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) bilan o‘zaro hamkorligini xususiyatlari to‘g‘risida muloqot o‘tkazildi. Ochiq muloqot qizg‘in savol-javoblar asosida o‘tdi.
“SXTE va B” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev axboroti
Universitet matbuot xizmati