Ijaragirlarning sharoiti qanday?
"Yer resurslarini boshqarish" fakulteti dekani Sh. Narbaev boshchiligida fakultetga biriktirilgan tyutorlari, guruh murabbiylari ijarada yashovchi barcha talabalar holidan xabar olishdi. Barcha hududlarda ijarada va yaqin qarindoshnikida yashayotgan talabalar boʼyicha oʼrganish tizimi joriy qilinib, barcha mas'ullar oʼzlariga biriktirilgan hudud, qizil hududni oʼrganishdan boshlashdi. Dekan, shuningdek, yoshlar boʼyicha dekan muovini tomonidan talabalarning yashash sharoitlarini tahlil qilinib, ularni oʼz holiga tashlab qoʼymaslik, ular doimo nazoratdaligi taʼkidlandi.
Xususan, talabalar ijarada qaerda yashamoqda, kimnikida turibdi, yashash sharoiti qanday, darsdan keyin nima ish bilan mashgʼul boʼladi, boʼsh vaqtini qanday oʼtkazadi, bu talabalarning oʼqish jarayoniga qanday taʼsir koʼrsatmoqda kabi jiddiy masalalar boʼyicha ham maʼlumotlar berildi. Аyniqsa, kecha fakultet dekani Tosh sh. Shayxontoxur tumani Chilonzor, Oqtepa, Katta Oqtepa MFY Uvaysiy koʼch. 29 - uy hamda Yunusobod tumani Xalqobod 2 - tor ko‘cha 41- hovli o‘yinlarga borib talabalarning xususiy uy-joylarda yashash sharoitlari ham oʼrganildi.
Shuningdek, talabalar tomonidan ijaraga olinayotgan xonadonlarning yongʼin va boshqa texnik xavfsizlik talablariga javob berish, talabalarda birlamchi yongʼin va boshqa texnik xavfsizlik boʼyicha bilimlarini berishga bizni mas'ullarimiz batafsil maʼlumotlar berib kelishdi. Ushbu profilaktik tadbirlar ijarada turadigan talabalar bilan qamrovi va sifati oshiriladi degan umiddamiz.
YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti
Universitet matbuot xizmati