TIQXMMI yangiliklari

img
11.11.2022

Nazary ta’limni amaliyot bilan integratsiyasi

Joriy yilning 8-noyabr kuni universitetimizning “Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti” fakulteti “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasining 2-bosqich talabalari 5+1 dasturi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Energetika Vazirligi huzuridagi qayta tiklanuvchan energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurishdi.

Ushbu kun talabalar amaliyot joyidagi yangi ishlab chiqilgan ob-havo ma’lumotlarini kuzatib boruvchi meteo stansiya bilan tanishdilar va undan qanday foydalanishni institut kichik ilmiy xodimi F.Sodiqov tushuntirib oʻtdi. Talabalar oʻzlari qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi stajyor-oʻqituvchisi R.Qobilov axboroti

Universitet matbuot xizmati