TIQXMMI yangiliklari

img
11.11.2022

Tajriba-sinov ishlarining amaliyotga tadbig‘i

         “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy  tadqiqot universiteti 2 - bosqich tayanch doktoranti G.A.Jo‘raevaning o‘quv yili jarayonida 13.00.05 – “Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha “Kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarning ijodiy qobiliyatni takomillashtirish (geodeziya va geinformatika yo‘nalishi misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi yuzasidan tajriba-sinov ishlari olib borildi. Ushbu jarayonda O‘zbekiston Resbublikasi doirasidagi Jizzax politexnika instituti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Buxoro filiali va Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutlari tajriba-sinov maydoni ob’ekt sifatida tanlab olindi va kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarni ijodiy qobiliyatlarini takomillashtirishning metodik jarayoni o‘tkazilishi belgilandi.

2021-2022 o‘quv yili davomida tayanch doktorant G.A.Jo‘raevaning ilmiy ish yuzasidan tajriba-sinov ishlarini Jizzax politexnika instituti  5111000 – Kasb ta’limi yo‘nalishi,  5310600 -  Transport vositalari muhandisligi (avtomobil tranporti) ta’lim yo‘nalishlarida olib borildi.  Tajriba ishlari dars jarayonida talabalar o‘rtasida anketa so‘rovnoma usulidan foydalanildi. Tajriba-sinov guruhi talabalariga “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”, “Dual ta’lim”, “Kasbiy pedagogika” va “Ta’lim texnologiyalari” fanlaridan darslar tashkil qilindi. Darsdan tashqari vaqtlarda maslahat (tarbiyaviy) soatlar va bitiruvchi mavjud kafedra o‘qituvchilari uchun mahorat darslari tashkil qilindi.

“PTvaJM” kafedrasi tayanch doktoranti G.A.Jo‘raeva axboroti

Universitet matbuot xizmati