TIQXMMI yangiliklari

img
10.11.2022

Kasaba uyushmalari kuniga bag‘ishlandi

          “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida 11 noyabr O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildiTadbirda Toshkent shahar agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shaxar birlashgan qo‘mitasi raisi Usmanova Nargiza Abdurashidovna, Toshkent shaxar Kasaba uyushmasi qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Dexqonov Nodir Shuxratovich hamda Toshkent shahar Kengashining Mehnat huquq inspektori Melikulov Nodir Abduxalilovich va universitetning professor-o‘qituvchilari va xodimlari eshtirok etishdi. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari faoliyati va bugungi kunda olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar doktori, professor Mirodiljon Xomudjonovich  Baratov ishtirok etib, so‘nggi yillarda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, inson huquq va manfaatlarini ta’minlashda kasaba uyushmalari faol ishtirok etayotganligini ta’kidlab o‘tdilar.

         Ma’lumki, biz o‘z oldimizga Yangi O‘zbekistonni barpo etishdek buyuk vazifani strategik maqsad qilib qo‘ydik. Shu ma’noda, «Inson qadri uchun» g‘oyasini umummilliy harakatga, yurtimizni keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylantirishda davlat va jamoat tashkilotlari bilan bir qatorda, hech shubhasiz, kasaba uyushmalari ham muhim o‘rin tutadi. Tadbir so‘ngida Toshkent shahar agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar birlashgan qo‘mitasi va universitet kasaba uyushmasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarga sovg‘alar topshirildi.

Universitet matbuot xizmati