Moziyning bir boʻlagi
GM fakulteti tyutori D.Axrarova va 207- guruh talabalari oʻzlarining bu tashrifini "Yoʻldosh Oxunboboyev yashagan xonadon" deb yozilgqn binoga yoʻnaltirdi. Bino bir qarashda Abdulla Qodiriyning "Oʻtkan kunlar" romanida tasvirlangan Yusufbek hojining hovli- joylari jonlanadigan bu xonadonda mamlakatimiz tarixida rahbar sifatida nom qoldirgan Yoʻldosh Oxunboboyev haqida hikoya qiladigan eksponatlar unchalik koʻp emasligini koʻrdik. Aytishlaricha bir muddat Y.Oxunboboyev uy - muzeyi boʻlib faoliyat yuritgan, hozirgi kunda esa respublika madaniyat vazirligi huzuridagi madaniy meros departamenti va xorijdagi Oʻzbekiston madaniy boyliklarini oʻrganish agentligiga qarashli boshqarma sifatida faoliyat yuritar ekan. B.Toʻlagаnov talabalarga agentlikning faoliyati va imkoniyatlarini tushuntirdi. Bu tasodifiy tashrif taassurotlariga juda boy boʻldi. Biz boshqa fakultet talabalarini ham bu yangilikdan bahramand etish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
GM fakulteti tyutori D. Axrarova axboroti
Universitet matbuot xizmati