TIQXMMI yangiliklari

img
04.11.2022

Kasblar kaliti

Amerika siyosatdonlaridan biri, aniqrog‘i, Vebster shunday yozadi. "Mendagi hamma narsalarni oling, menga faqat so‘zlash qobiliyatini qoldirsangiz bo‘ldi, yo‘otgan narsalarimni o‘n baravar qaytarib olaman." Bu fikrning o‘ziyoq, notiqlik san'atining ijtimoiy hayotdagi o‘rni borasida taassurot uyg‘otadi. Shunday ekan uning ilmu tilsimini egallash muvaffaqiyatlar garovidir.

Milliy tadqiqot universitetimizning bir guruh talabalari kecha 3-noyabr kuni Turonbank xonasida notiqlik mahorati bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini yana davom ettirdilar. Ularga interfaol o‘yinlar juda ma'qul kelmoqda. Ular tinglash qobiliyat va so‘zlash san'at ekanini dars jarayonida to‘la anglab yetishdi. Dars nihoyasida ma'lum bo‘ldiki, so‘zlash ma'rifatdan, tinglash madaniyatdan, anglash esa ma'naviyatdandir.

Dars jarayonida tyutorlarnng ishtiroki ham ular uchun manfaatli bo‘ldi deyish mumkin. So‘zlar ilmiy, badiiy, falsafiy yo‘sinda ta'rif keltiib o‘zlarining notiqlik mahoratini ishg solishdi.

Universitet matbuot xizmati