TIQXMMI yangiliklari

img
03.11.2022

Shiorlar maqsadni amalga oshirish poydevori

 

              Joriy yilning 1 noyabr kuni YeRB fakulteti 1-kurs 112 guruh talabalari ishtirokida universitet psixologi M.K.Muhammedova va YeRB fakulteti tyutori A.Hayitovalar hamkorlikda talabalarga  ruhiy motivatsiya berish orqali ularda yuzaga kelayotgan tashqi va ichki zo'riqishlarning oldini olish, negativ emotsiyalarni pozitiv tomonga o'zgartirishga, emotsional-hissiy sohadagi buzilishlarni, qadriyatlar tizimida yuzaga kelgan buzilishlarni, xarakter aktsentuatsiyasini psixokorrektsiya qilishda, psixologik resurslarni shakllantirishda, ishtirokchilarga hayotda unga doimo olg'a intilishga, kuch va g'ayrat topa olishga, kelajakka ishonchini kuchaytirishga doir maxsus chora-tadbirlarni tashkil etish maqsadida “Mening hayotdagi shiorim” mavzusida seminar trening tashkil etishdi. Tadbir davomida “Mening hayotdagi shiorim”, “Vaqt texnikasi”, “Hayotimdagi qadrli ne'matlar” kabi treninglar, assotsiativ testlar o'tkazildi va natijalari muhokama qilindi.

            Tadbirda talabalarning yoqtirgan ranglariga qarab xarakter xususiyatlari aniqlashtirildi va har bir xarakter xususiyatlarining ijobiy va salbiy tomonlari mavjudligi haqida suhbat olib borildi. Tadbirda barcha talabalar faol qatnashishdi, ayniqsa G'aniyev Muslimbek, Xurshid, Abduvali, Muhammaddiyor, Muhammadziyo, Mahliyo, Asal Abduhakimlar faol qatnashishdi. Tadbir davomida notiqlik xususiyati past rivojlangan, tortinchoq talabalar aniqlanib, individual konsulьtatsiyalar orqali o'zlaridagi mavjud kamchilikni bartaraf etish mumkinligi haqida ma'lumot berildi. Keyingi tadbir hozirgi zamon yoshlarida keng tarqalgan negativ xususiyatlardan biri “Kibr” mavzusida o'tkazish taklifi talabalar tomonidan berildi va tadbir ko'tarinki kayfiyatda nihoyasiga yetdi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti