TIQXMMI yangiliklari

img
03.11.2022

Xorijiy universitet bilan hamkorlik

            Darhaqiqat, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan soʻnggi yillarda oliy taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi – malakali va zamonaviy bilimga ega kadrlar tayyorlashda dunyoning rivojlangan davlatlari bilan xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, shu orqali yurtimizdagi oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalari professor-oʻqituvchilari, ilmiy xodimlarining xorijiy universitetlar, ilmiy tadqiqot muassasalarida ilmiy va akademik tajribasini orttirishi uchun imkoniyat yaratish ishlariga katta ahamiyat qaratilmoqda. Shu nuqtayi nazardan, bugungi kun talabalarining xorijiy oliy taʼlim muassasalarida qisqa va uzoq muddatli oʻquv-kurslari, konferensiya va seminarlarda ishtirokini taʼminlash, xorijiy OTMlar bilan hamkorlikda taʼlim dasturlarini joriy etish, taʼlim jarayoniga xorijiy malakali mutaxassislarni jalb etish kabi bir qator muhim vazifalarni amalga oshirishni taqozo etadi.

         Universitetimizning “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasiga Ispaniyaning Madrid Politexnika Universiteti professori Slobodan Boyanic ikki oliy oʻquv yurtlari orasidagi oʻzaro hamkorlik doirasida tashrif buyurdi. Tashrif davomida Madrid Politexnika Universiteti faoliyati, yoʻnalishlari hamda universitetda talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirdi. Madrid Politexnika Universiteti professor-oʻqituvchilari hamda “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi professor-oʻqituvchilari oʻzaro hamkorlikni yanada kengaytirish, doimiy aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida doimiy almashinuvni yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi. Uchrashuv so’ngida kafedra mudiri R. Baratov tomonidan professor Slobodan Boyanicga universitetimizning maxsus estalik sovg’alari topshirildi.

Universitet matbuot xizmati