TIQXMMI yangiliklari

img
03.11.2022

Fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasi

Joriy yilning 2-noyabr kuni universitetimizning “Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti” fakulteti “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasining 3-bosqich talabalari 5+1 dasturi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Energetika Vazirligi huzuridagi qayta tiklanuvchan energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida bo’lishdiUshbu kun talabalar Oʻzbekistonning iqlimiy sharoitiga moslashtirilgan, insolyatsion passiv quyoshiy isitish tizimlarining asosiy parametrlarini optimallashtirish, takomillashtirish va ishlab chiqish, shaxsiy va birlashgan iste’molchilarning issiqlik ta’minoti uchun quyoshiy isitish qurilmalari parametrlarini issiqlik-sxematik jihatdan optimallashtirish (umumlashtirish) hamda issiqlik tashuvchisi sifatida quyosh oʻzgartgichlarida qoʻllash uchun nanosuyukliklarning issiqlik-fizikaviy xususiyatlarini tadqiq etish borasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va ularning natijalari toʻgʻrisidagi bilimlarga ega bo’ldilar.

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi stajyor oʻqituvchisi R.Qobilov axboroti

Universitet matbuot xizmati