TIQXMMI yangiliklari

img
03.11.2022

5+1 dasturi amalda

             “Gidromelioratsiya” fakulteti “Suv ta’minoti muhandislik tizimlari” ta’lim yo‘nalishi 407-guruh talabalari kafedra dotsenti Abduqodirova Malohat boshchiligida “Ichimlik suv ta’minoti tizimlari ekspluatatsiyasi” fanidan ko’chma dars o‘tqazdi. Mazkur mashg’ulotda bugungi kunda suvga bo‘lgan ehtiyojning ortib borishi ichimlik suvi va oqova suvni samarasiz suv manbaalaridan tozalash zaruratini keltirib chiqardi. Ichimlik suv va oqova suv tozalash inshootlarining muammosiz ekspluatatsiya qilinishi, tizimga masofadan turib aralashuvi, tizimdagi o‘zgarishlardan bir zumda xabardor bo‘lish uchun avtomatlashtirish tizimlari zarurligi haqida talabalarga malumotlar berdi.

Universitet matbuot xizmati