TIQXMMI yangiliklari

img
03.11.2022

“Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif

Joriy yilning 1 - noyabr sanasida «Gidromelioratsiya» fakulteti tyutori G.Z. Axmedjanova rahbarligida  1 bosqich talabalari bilan birgalikda   ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida, 2021 yil 31 - avgust kuni istiqlolimizning o‘ttiz yilligiga bag‘ishlab bunyod etilgan «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga tashrif buyurishdi.  Bog‘ga borganimizda   bir qancha ko‘chatlar, daraxtlar, gullar ekilganligini ko‘rishimiz mumkin.  Bog‘ning shakli ulkan daraxtning beshta shoxiga o‘xshaydi. Bu Harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishini ramziy ma’noda ifoda etadi. Bu go‘zal bog‘da poytaxtimiz aholisi, barcha hududlarimiz va xorijdan keladigan mehmonlar yayrab dam olishi, oilasi, farzandlari bilan birga mazmunli hordiq chiqarishi uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratilgan, sun’iy ko‘l, sport maydonchalari, bolalar o‘yingohlari, amfiteatr, favvoralar, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari mavjud. 

Boqqa tashrif buyurgan har qanday insonning darrov ko‘z oldiga muhtasham qad rostlagan tinchlik va erkinlik, ezgulik va farovonlik timsoli bo‘lgan, ko‘kda mag‘rur parvoz qilayotgan Humo qushi tasviri monumentning eng yuqori qismida – bamisoli uning gultoji bo‘lib o‘rin egallaganligi yaqqol tashlanib turibdi. Talabalar bu madaniy hordiqdan juda ham xursand  ko‘tarinki kayfiyatda qaytishdi va ular ko‘ngilochar bog‘da maza qilib dam olishdi.

“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori   Gulchehra Axmedjanova axboroti

              Universitet matbuot xizmati