Notiqlik - fanlarning qon tomiri
Turli soha va fanlarning kaliti va anglatish mezoni, yetkazish ochqichi - Nutq madaniyati va notiqlik san'ati ekani, buni egallash barchaga birdek zarurligi ma'lum. Rektorimiz professor Mirzayev Bahodir Suyunovich tashabbusi bilan boshlangan, o‘quv yili boshidan, aniqrog‘i, bir yarim oydan beri davom etib kelayotgan "Notiqlik mahorati" kursi endilikda boshqa auditoriyada o‘z ishini boshladi. Kecha "TIQXMMI" Milliy Tadqiqot Universitetining "B" binosida Turonbank, ya'ni 109- xonada ustoz Rahimboy Jumaniyozov bilan birgalikda notiqlik kurslari davom eta boshladi.
Dars juda qiziqarli va ajoyib tarzda tashkil etildi. Dastlab talabalarga «Mehr» deb nomlangan Oskar mukofotini olgan 3 daqiqalik multfilm qo'yib berildi va talabalardan bu multfilmga g‘oyasidan kelib chiqqan holda nom qo‘yish topshirildi. Bundan maqsad talabarni o'z fikrini qarshisidagi odamga yetqazishga o'rgatish edi. Ko'plab talabalar faol qatnashganliklari uchun rag'batlanturildi. Keyin esa talabalar bilan «JON» o'yini o'ynaldi. Ushbu o'yin "joy - oy - nom" so‘zlarining bosh harflaridan olingan. Bu talabalardan katta e'tibor va diqqat talab etadign o‘yin. Talabalar bir -birining tuĝilgan joyi, oyi nomini yodda saqlash orqali tanishib olishadi.
Bu o'yinda ham eng topqirlar g'olib bo'ldi. Hatto ushbu darsda faol va o‘z vazifasiga mas'uliyatli tyutorlar - QSXET fakultetidan Dilnavoz Shonazarova, Botir Abdullayev, GTQ fakultetidan A‘zam Haydarovlar qatnashib talabalarning chiqishlari va nutqiga baho berishdi. Ularning qiziqishlari yanada ortdi. O'zlari ham muntazam qatnashib borishlarini, fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifoda etaolmaganlar o‘z kasbining chinakam ustasi bo‘lmasligini qayd etishdi. "Kasbiy faoliyatda nutq madaniyati va notiqlikning o‘rni" mavzuida dars mashg‘uloti olib borildi. Darsning so'ngida Abdulla Oripov stipendiyasi sohibi, iqtidorli yosh lider Fayzullayev Behzod o'zining betakror san'atini namoyish etdi va hammaning olqishiga sazovor bo'ldi. Seshanba va payshanba kunlari oflayn hamda shanba va yakshanba kunlari onlayn tarzda tashkil etilayotgan dars mashg‘ulotlariga barcha qiziquvchilarni taklif etamiz.
GTQ fakulteti talabasi Sardor Sattarov axboroti
Universitet matbuot xizmati