Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi universitetimizda
Jamiyatning bir bo‘lagi, yuragi inson ekan, u idrok, aqlim desa, tabiat iqlim so‘zi bilan mohiyatli. Aql - idrok bilan qilinmagan ish ijtimoiy hayotning buzilishiga olib kelsa, iqlimning buzilishi ham tabiiy ofat va ijtimoiy xavfga sabab bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, bu masalalarni ilmiy asosda o‘rganish ham dolzarb masaladir. Yeyimlik mahsuloti va ichimlik suvining toza bo‘lishi maqsadga muvofiq. Aks holdа, tabiatning ifloslanishi, iqlimning o‘zgarishi turli xavflarni keltirib chiqaradi.
2022 - yil 2 - noyabr kuni Yevpropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian xonim «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universitetida tashrif buyurdi. Universitet rektori, professor Mirzayev Bahodir Suyunovich ishtirok etib moderator sifatida mehmonni tashrifi bilan qutladi. Tadbirda magistrlar, doktorantlar hamda oliy ta’lim muassasasining professor - o‘qituvchilari ishtirok eishdi. Sharlotta Adrian xonim “Sayyoramiz ravnaqi yo‘lida iqlim diplomatiyasi” mavzusida ma’ruza bilan chiqish qildi.
Sharlotta Adrian xonim o‘z nutqida “Besh kundan keyin Sharm-al-Sheyxda COP-27 tomonlarining 27-sessiyasi boshlanishini, iqlim o‘zgarishiga qarshi birgalikda kurashish zarurligini,insonning osoyishta, xotirjam hayot kechirishiga to‘siq bo‘luvchi muammolarga yechim izlash uchun ekspertlar va fuqarolik jamiyati vakillarini jamlab birga ish olib borishini ta'kidlab o‘tdi".
An’anaga ko‘ra, mazkur konferensiya arafasida Yevropa Ittifoqi iqlim o‘zgarishi masalalarida butun olam bo‘ylab insonlar bilimini va xabardorligini oshirish davr talabidir. Har bir inson iqlim o‘zgarishlarini global oqibatlariga qarshi kurashishga o‘z hissalalarini qo‘shishi shart. Xuddi shu masalalar borasida “Iqlim diplomatiyasi” tashabbusi doirasida turkum tadbirlarni tashkil qilish maqsadga muvofiqligi aytildi. Shuningdek, notiq o‘z nutqida quyidagi mulohazalarni bildirib o‘tdi. “Biz bu o‘zgarishlarni O‘zbekistonda guvohi bo‘lib turibmiz. Albatta, suv resurslarini noto‘g‘ri boshqarilishining bevosita natijasi tufayli yuzaga kelgan Orol dengizi fojiasi mavjud, lekin bu vaziyat iqlim o‘zgarishi bilan ham og‘irlashmoqda. Men irrigatsiya masalalarini o‘rganayotgan siz kabi tadqiqotchilar ushbu mavzuni juda ham yaxshi bilasiz, degan fikrdaman. Lekin biz o‘tgan yili Toshkentda, ilgarilari, ehtimol, hech ham bo‘lmagang qum bo‘ronlarini kuzatdik”.
Global muammo sifatida iqlim o‘zgarishi global javob chora-tadbirlarini talab qiladi. Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha ekspertlarning hukumatlararo guruhi (MGEIK)ning “Iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish” mavzusidagi oxirgi ilmiy ma’ruzasida ham bular tilga olindi. Zudlik bilan iqtisodiyotning barcha sektorlarida issiqxona gazlarini havoga chiqarilishini qisqartirish zarur. Qayd etilganidek, havoga tashlashlarni 2030-yilga borib kamida ikki marotaba qisqartirishi kerakligi ayon bo’lmoqda.
Tavsiyalarning misoli sifatida ishtirokchilarga “Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha 10 qadam” nomli videorolik taqdim etildi, unda bizning kundalik hayotda uglerod izini qisqartirishga ta’sir qila olishi mumkin bo‘lgan eng oddiy va yengil harakatlar tavsiflangan.
Yevropa ittifoqi butun jahonda atrof-muhit, iqlimni saqlash va energiya tejamkorligi sohalarida siyosatni ilgari suradi va amalga oshirib kelmoqda. Hamkor mamlakatlar, shu jumladan, O‘zbekiston uchun yo‘naltiriladigan Yevropa Ittifoqining yangi moliyaviy ko‘magining 30 foizi iqlim maqsadlariga erishishga yo‘naltiriladi.
Elchi, shuningdek, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan va atrof muhitni yemirilishi oqibatlarini yengillashtirish va jamiyatni yanada barqaror, past uglerodli va samarali iqtisodiyotga yo‘naltirilgan dasturlar va loyihalar haqida ham so‘zlab berdi.
“Misol uchun, Yevropa Ittifoqi O‘zbekistondlagi Orolbo‘yi hududi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha BMTning ko‘psheriklik trast fondini eng yirik donori hisoblanadi. Biz, shuningdek, iqlim o‘zgarishining bevosita ta’siriga duch kelgan mahalliy hamjamiyatlarni qo‘llab-quvvatlash yoki ko‘proq ekologik qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab loyihalarni moliyalashtiramiz va ularga texnik yordam ko‘rsatmoqdamiz”, - deya ta’kidladi Sharlotta Adrian.
Tinglovchilarga shuningdek, ta’lim dasturlariga katta e’tibor berilayotgani ham ma’lum qilindi. Masalan, Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida oliy ta’lim loyihalaridagi salohiyatni kuchaytirish bo‘yicha qator tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Ular - muayyan dehqonchilik uchun NICOPA innovatsion kurslari va O‘zbekistonda barqaror bioiqtisodiyot bo‘yicha magistraturaning BioEcUz yangi o‘qsuv dasturlari.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi, Erasmus+ dasturi muvofiqlashtirishuvchilariga iqlim diplomatiyasi bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilish va muloqot qilish imkoniga ega bo‘lishdi. Tadbir savol-javoblar ruhida, mazmunli tarzda o’tdi.
Universitet matbuot xizmati