TIQXMMI yangiliklari

img
31.10.2022

Kitob bilim kalitidir

        «Gidromelioratsiya» fakulteti tyutori G.Axmedjanova tomonidan 2022 yilning 31 oktyabr sanasida 1 bosqich talabalari bilan birgalikda Universitet “Axborot resurs markazi” kutubxonasiga tashrif buyurishdi. Besh muhim tashabbus doirasidagi to‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan bu jarayonda talabalarni kitobga bo‘lgan mehr-muhabbatini oshirish, “Kitob - bilim manbai”  shiori ostida bir qator kichik anjumanlar tashkil qilindi.

     

        Talabalarga kutubxona mas’ul xodimi Ilmuradova Guljaxon opa tomonidan kutubxonaga a’zo bo‘lish uchun qanday hujjatlar kerakligi,  kutubxonadan foydalanish qoidalari, kutubxonada saqlanayotgan kitoblar  haqida ma’lumotlar berib o‘tildi. Talabalar  o‘tkazilgan  bu uchrashuvdan juda ham xursand bo‘lishdi va o‘zlari uchun zarur ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.   

“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori Gulchexra Axmedjanova axboroti

Universitet matbuot xizmati