TIQXMMI yangiliklari

img
30.10.2022

Talaba-qizlar bilan uchrashuv

2022  yilning 28 oktabr kuni 3-Talabalar turar joyida yashayotgan talaba-qizlar bilan uchrashuv o'tkazildi.  Tadbirda  "SXTE va B" dekani o'rinbosari  J.Turdiyev, fakultet tyutorlari,      3-TTJ tarbiyachi-pedogogi  ishtirok etdi. SXTE va B dekani o'rinbosari  J.Turdyiev so'zga chiqib, talabalar o'rtasida do'stona munosabatni yanada mustahkamlash, bir oila farzandlaridek ya'ni  opa-singildek munosabatda bo'lish, bir-biriga qo'ldan kelganicha ko'maklashish, maslahatlarini ayamaslik, ta'lim jarayonlaridagi  har qanday yutuqlarini o'zaro nishonlash, bayramlarni ko'tarinki ruhda o'tkazishga, tadbirlarda faol bo'lishga talabalikning oltin davrini munosib o'tkazishga chaqirdi.  TTJda o'zlari yashaydigan xonalarni tartibli, ozoda tutish, oshxona jihozlaridan  to'g'ri foydalanish, xona va qavat navbatchilari belgilangan vazifalarini o'z vaqtida bajarib borishi haqida bir so'z bilan aytganda ahil-inoq bo'lib yashashlari shartligi to'g'risida  ta'kidlab o'tdilar. Fakultet tyutorlari ham o'zlarining fikr-muloxazalarini bildirib  va ko'rsatmalar berishdi.

“SXTE va B”  tyutori M.Vafoyeva  axboroti

Universitet matbuot xizmati