TIQXMMI yangiliklari

img
29.10.2022

Muzeyga tashrif

2022 - yilning  28 - oktabr kuni "SXTE va B"  fakulteti tyutorlari  M. Vafoyeva  va I. Xudoybergenova boshchiligida 101-102-guruh talabalaridan 48 nafari “Tamaraxonim uy muzeyi”iga borishdi. Muzey ilmiy rahbari Shaxloxonim tomonidan Tamaraxonimning hayoti va ijodi to’g’risida tanishtirildi. Shaxloxonim Tamaraxonimning serqirra  inson-qoʻshiqchi va raqqosa, baletmeyster, oʻzbek professional raqsi asoschilaridan biri ekanligi haqida, 1941-1945-yillardagi mehnatlari to’g’risida umrining so’ngi yillarida Toshkent shahrida o’zi yashagan koʻchaga Tamaraxonim nomi berilganligi, uyi esa vafotidan 3 yil o’tib “Tamaraxonim uy muzeyi”ga  aylantirilganligi haqida gapirdi.

Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi. Muzeydagi turli millat liboslari to‘plami mavjudligi, slavyan kiyimlari, xitoylik va boshqa Osiyo kostyumlar, hatto Ruminiya liboslari talabalarni hayratga soldi.

"SXTE va B"  tyutori M.Vafoyeva  axboroti

Universitet matbuot xizmati