TIQXMMI yangiliklari

img
29.10.2022

Tamaraxonim uy-muzeyida

"Gidromelioratsiya" fakulteti tyutori Tursunova Zilola boshchiligida va Axmedjanova Gulchehra hamkorligida 2-kurs talabalari “Tamaraxonim uy-muzeyi” ga tashrif buyurishdi. Uy-muzey bu buyuk qo‘shiqchi va raqqosaning nomi bilan atalgan bo‘lib, u yerda u hayotining so‘nggi yillarini yashagan. Tamaraxonim 1906 yilda Farg‘ona vodiysida tug‘ilgan. Uning haqiqiy ismi Petrosyan bo‘lib, millati arman. U 1991 yilda Toshkentda vafot etdi. O‘limidan uch yil o‘tgach, uy - muzeyi ochildi.    

Uning turli mamlakatlarda chiqishlari tufayli, bugungi kunda Tamaraxonim muzeyida namoyish etiladigan xalq liboslari to‘plami mavjud. Uy - muzeyida slavyan kiyimlari, xitoylik va boshqa Osiyo kostyumlari, hatto Misr liboslari ham bor. Talabalar muzey mudirasi tomonidan berilgan qiziqarli ma’lumotlarni tinglash bilan bir qatorda u yashab o’tgan va ijodiga yaqqol guvoh bo’lgan xonalarni diqqat bilan ko’zdan kechirishdi. Bugungi kunda uyushtirilgan tashrifdan talabalar shod bo’lishdi.

Gidromelioratsiya fakulteti tyutori Tursunova Zilola axboroti

Universitet matbuot xizmati