TIQXMMI yangiliklari

img
28.10.2022

Muzeyga tashrif

           Joriy yilning 27-oktabr kuni GTQ fakulteti tyutori D.Xursandova boshchiligida 203-guruh talabalari “Tamaraxonim uy muzeyi”ga tashrif buyurishdi. Muzey ilmiy rahbari Tamaraxonim, asl ismi va familiyasi Tamara Artyomovna Petrosyan 1906-yilda hozirgi Yangi Margʻilon shaharchasida tug'ilib, 1991-yilda, Toshkent shahrida vafot etganligi, qoʻshiqchi va raqqosa, baletmeyster, oʻzbek professional raqsi asoschilaridan biri, shuningdek, uning ijodiy yo’llari haqida, umrining so’ngi yillarida Toshkent shahrida o’zi yashagan koʻchaga Tamaraxonim nomi berilganligi, uyi esa “Tamaraxonim uy muzeyi” aylantirilganligi haqida gapirdi.

            Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi. Muzeyda namoyish etiladigan xalq liboslari to‘plami mavjudligi, slavyan kiyimlari, xitoylik va boshqa Osiyo kostyumlari, hatto Misr liboslari talabalarni hayratga soldi.

GTQ tyutori D.Xursandova axboroti

Universitet matbuot xizmati