Nasos stansiyasi orqali bilim
Joriy yilning 26-oktabr kuni universitetimizning “Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti” fakulteti “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi 3-bosqich talabalari 5+1 dasturi asosida kafedra dotsenti Sh.Raxmonov boshchiligida Toshkent shaharda joylashgan "TASHGRES" nasos stansiyasiga borishdi. Òquvchilar yetib borgach, ularga stansiyaning ichki tartib, texnik xavfsizlik qoidalari yana bir bor tushuntirib òtildi. Sòngra tashkilot tomonidan biriktirilgan nazoratchi nasos stansiyasi ishlash tartibini tushuntirdi. Talabalar òziga kerak bòladigan barcha maʼlumotlarni bilib olishdi. Bugungi 5+1 dasturidan mamnun bòlgan holda qaytishdi.
QSXET fakulteti 2-bosqich talabasi T.Ergashov axboroti
Universitet matbuot xizmati