Yangi O’zbekiston bog’ida bo‘lishdi
"Gidromelioratsiya" fakulteti 209-guruh talabalari bilan birgalikda tyutor Tursunova Zilola tomonidan Yangi O’zbekiston bog’iga kechki sayr uyushtirishdi. „Yangi Oʻzbekiston bogʻi” — O’zbekistonning eng yirik va koʻlamdor madaniyat va istirohat bog’laridan biri. O'zbekiston Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Toshkent viloyatining poytaxtga tutash qismida, Qibray tumanidagi 104 gektar maydonda bunyod etilgan. Bogʻning markaziy qismida Mustaqillik monumenti barpo etilgan. „Yangi Oʻzbekiston“ bogʻining qurilishi Toshkent shahrining maydoni kengayishiga sabab boʻldi. Maydonning kattaligidan talabalar bemalol velopoygalarni tashkil etib bevosita ishtirok ham etishdi. Bog’ haqiqatda kechki payt inson ko’zini qamashtiradigan darajada go’zallik kasb etadi. Bu go’zallikni ta’riflab emas, balki u yerga shaxsan tashrif buyurgan holda his qilish mumkin.
GM fakulteti tyutori Tursunova Zilola axboroti
Universitet matbuot xizmat