26.10.2022
Nasos stansiyaga borishdi
Joriy yilning 25-oktabr kuni universitetimizning “Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti” fakulteti “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi 2-bosqich talabalari 5+1 dasturi asosida kafedra dotsenti E.Bozorov boshchiligida Toshkent shaharda joylashgan "TASHGRES" nasos stansiyaga borishdi. Òquvchilar yetib borgani bilan ularni, stansiya muhandislaridan biri kutib oldi va stansiya bilan tanishtirib chiqdi. Talabalar òzini qiziqtirgan savollarini birin- ketinlik bilan berib òtishdi, mutaxassis barcha savollarga aniq javob berib òtdi.
QSXET fakulteti 2-bosqich talabasi T.Ergashov axboroti
Universitet matbuot xizmati