TIQXMMI yangiliklari

img
19.10.2022

Nazariyadan amaliyotga

      Talabalarning mutaxassislik faoliyatini zamon talablariga moslashtirish, ta’lim jarayoniga dual ta’lim elementlarini joriy etgan holda ta’lim jarayonini yuqori darajada tashkil qilish, professional ta’lim soha yo‘nalishlari bo‘yicha kasb malakalarini egallash masalalari, professional ta’lim tizimi mazmuni va xususiyatlari, mutaxassislarni tayyorlashda o‘quv va ishlab chiqarish sohalarining muvofiqlashtirilgan o‘zaro aloqasi; Professional ta’lim tizimida o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha zamonaviy metodologik talablar asosida ta’lim texnologiyalarini tuzish va ulardan samarali foydalanish, oliy ta'lim, professional ta'lim va ishlab chiqarish tizimlari integratsiyasi asosida nazariy qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha tajriba-sinov ishlarini olib borish, ta'lim muassasasi o‘quvchilarining Worldskills standartlari asosida kompetensiyalarini shakllantirish kabi qator masalalar o‘z yechimini kutmoqda.

         Shu nuqtai nazardar universitetning Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash mutaxassisligi “Professional ta’lim” yo‘nalishi 2 bosqich talabalari o‘z sohalarini chuqur o‘rganish va pedagogik mahorat sirlarini o‘rganish hamda nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash maqsadida Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan “Xizmat ko‘rsatish va servis” texnikumida “Pedagogik tanishuv” amaliyotini o‘tamoqdalar. “Pedagogik tanishuv” amaliyotida talabalar ta’lim muassasasi bilan tanishish va tayyorlanayotgan mutaxassislar va ularning yo‘nalishi, pedagogik kadrlar, nazariy va laboratoriya amaliy xonalari ularning moddiy texnik ta’minoti o‘rganish, muhandislik kasbini egallashning pedagogik va psixologik mohiyatni o‘rganadilar. Yosh bo‘lajak pedagoglarga omadlar tilab qolamiz.

        Universitet matbuot xizmati