San'atkorni madaniyat ulug'laydi
Joriy yilning 17 oktabr kuni “TIQXMMI” MTU “D” korpus 101 xonada universitet psixologi va Xor jamoasi rahbari M.K.Muxamedova va O'zbekiston qurolli kuchlari markaziy ashula va raqs ansambli va O'zbekiston Respublikasi filarmoniyasida tashkil etilgan O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan Xor jamoasi xonandasi D.Muhammedovalar hamkorlikda universitetimiz Xor jamoasi ishtirokchilariga ijodiy mahoratlarini oshirish, ijro madaniyatlarini yuksaltirish, sahnada o'zlarini tutish odob axloqini shakllantirish maqsadida “Sahnaning g'aroyib dunyosi” mavzuida tadbir tashkil etishdi.
Tadbirda 1 kurs YeRB, SXTEB, GTQ fakulьteti talabalari ishtirok etishdi. Tadbirda musiqaning sirli olami, sahnanning sir asrorlari to'g'risida, hissiyot berib she'r o'qish, ichki tuyg'ularni uyg'unlashtirib qo'shiq kuylash va sahna madaniyati to'g'risida qiziqarli ma'lumotlar berildi. Tadbirda barcha talabalar faol qatnashishib o'z san'atlarini namoyish etishdi.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti
“TIQXMMI” MTU matbuot xizmat