12.10.2022
“Zakovat” intellektual oʼyinining saralash bosqichi oʼtkazildi
2022-yilning 11-oktabr kuni B-bino katta majlislar zalida GIM va GM fakulьtetlari talabalari oʼrtasida “Zakovat” intellektual oʼyinining saralash bosqichi oʼtkazildi. Saralashni tashkil etishdan koʼzlangan maqsad yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni saralash va ularni qoʼllab-quvvatlashdan iboratdir. Saralash boshqichida “Zakovat” klubining sobiq aʼzolari Qodirov Sobir hamda Zebo Shomirovalar ishtirok etib hamda talaba-yoshlarga oʼzining uzoq yillik tajribalaridan kelib chiqib maslahatlar berdilar.
GIM fakulteti yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan oʼrinbosari O.Roʼzibaev axboroti